So’nggi yangiliklar

19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0

28 iyu 01:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Eshkak eshish, Futbol, Parij-2024

O'zbekistonlik sportchilar Parij Olimpiadasining birinchi kunini medalsiz yakunladi (Barcha natijalar)

Teglar :  Parij-2024
27 iyul kuni Parij Olimpiadasining birinchi kun bahslari o'tkazildi.

Dastlabki kunda jami 10 nafar sportchimiz va futbol bo'yicha terma jamoamiz bahslarda ishtirok etdi.

Medallar uchun kurashda dzyudochilarimiz, suzuvchilarimiz va velosportchimiz imkoniyatni boy berib qo'ydi.


Birinchi kundagi ishtirokimiz haqida qisqacha:


Dzyudo:

— Doston Ro'ziev (60 kg) ilk bosqichda, Halimajon Qurbonova (48 kg) nimchorak finalda mag'lub bo'ldi; 

Akademik eshkak eshish:

 Anna Prakaten 7:37.80 natija bilan marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va chorak finalga yo'l oldi;

Suzish:

— Anastasiya Zelinskaya ham, Ilya Sibircev ham 400 metrga erkin usulda suzish dasturining saralashidan o'ta olmadi;

Veloshosse:

— Olga Zabelinskaya individual vaqt uchun alohida start dasturidagi medallar uchun kurashda 32,4 km masofani 43 daqiqa 53.51 soniyada bosib o'tdi va 35 nafar sportchi orasida 23-natijani qayd etdi;

Boks:

— Nigina O'ktamova misrlik raqibasi jangga chiqmagani sababli avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oldi;

Futbol:

— O'zbekiston erkaklar OTJ guruh bosqichidagi ikkinchi tur bellashuvida Misrga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi;

Sport gimnastikasi:

— Ko'p kurashdagi saralashda ishtirok etgan uch nafar vakilimiz — Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev va Rasuljon Abdurahimovdan faqatgina Azimov final yo'llanmasini qisman saqlab qoldi. U zaxira licenziyasini qo'lga kiritdi.



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. 

SAHIFANI YANGILASH


1:06. Sport gimnastikasida erkaklar o'rtasidagi ko'p kurash bahslarining saralashi yakunlandi. Saralashning 3-subdivizionida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili ishtirok etdi. Jumladan, Abdulla Azimov 79.964 ochko bilan 28-natijani qayd etdi va zaxiradagi ikkinchi yo'llanmaga ega chiqdi. Yani, endilikda Azimov finalga yo'l olgan 24 nafar sportchidan birortasi ishtirok eta olmasa, navbat bo'yicha ikkinchi bo'lib, uning o'rnini to'ldirishi mumkin bo'ladi. Habibullo Ergashev esa 78.498 ochkoni qo'lga kiritgan holda 41-natijani qayd etdi. Yana bir sportchimiz Rasuljon Abdurahimov faqatgina parallel brus mashqida qatnashib, 14.466 ochkoga ega chiqdi. Bu natija unga finalga yo'l olishi uchun kamlik qildi.


23:00. Parijdagi "Bersi" arenasida sport gimnastikasi bo'yicha erkaklar o'rtasida ko'pkurash dasturida saralash bellashuvlari start olmoqda. Unda O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili — Abdulla Azimov, Habibullo Ergashev va Rasuljon Abdurahimov ishtirok etadi. 


21:55. Futbolchilarimizning Misrga qarshi o'yini yakunlandi. O'yinda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. 


21:40. Afsuski futbolda hozircha hisob o'zgarmayapti - 0:1. 


21:03. O'yinda ikkinchi bo'lim start oldi.


20:47. O'zbekiston - Misr o'yinining birinchi bo'limi 0:1 hisobida yakunlandi.


20:29. Hisob tenglashgandi. Abbosbek Fayzullaev o'yinda muvozanatni tiklagan edi, biroq gol ofsayddan urilgan deb topildi. 


20:11. Futbolchilarimiz erta gol o'tkazib yubordi. 0:1.


20:00. Futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi o'yinini boshladi.


19:45. Futbolchilarimiz Misrga qarshi o'yinga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.


19:03. Olga Zabelinskaya ishtirokidagi bahs o'z yakuniga etdi. Sportchimiz 32,4 km masofani 43 daqiqa 53.51 soniyada bosib o'tdi va 35 nafar sportchi orasida 23-natijani qayd etdi.


18:22. Bu orada futbolchilarimizning Misrga qarshi o'yin uchun boshlang'ich tarkibi aniq bo'ldi


18:15. Nigina O'ktamova avtomatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi. Uning misrlik raqibasi jangga chiqishdan bosh tortdi. Bokschimiz avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo'l oldi. Endi u navbatdagi jangini KXDR vakilasi CHolmi Pangga qarshi bahs olib boradi. 


18:10. Olga Zabelinskaya startga chiqdi. U 32,4 km masofani bosib o'tishi kerak. 


17:42. Velosportda shosse bahslari boshlandi. Terma jamoamiz azosi Olga Zabelinskaya startga chiqmoqda. 


15:15. Sportchilarimizning keyingi chiqishi 17:30 da boshlanadi. Unda velosportchimiz Zabelinskaya startga chiqadi.


15:08. Suzuvchimiz Ilya Sibircev o'z guruhida 3:51.52 natija bilan marraga uchinchi bo'lib etib keldi. Bu natija finalga chiqish uchun kamlik qiladi. 


14:55. Afsuski -48 kg vaznli dzyudochimiz Halimajon Qurbonova ikkinchi bosqichda shveciyalik raqibasiga ippon evaziga yutqazib qo'ydi. 


14:30. Bu vaqtga kelib suzuvchimiz Zelinskayaning finalda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi. U saralash yakunlariga ko'ra sakkizlikka kira olmadi. 


14:22. Suzuvchimiz Anastasiya Zelinskaya 400 metrga erkin suzish bahslarida saralash guruhida 4:31.71 natija ko'rsatdi va o'z guruhida uchinchi bo'lib etib keldi. 


13:43. Akademik eshkak eshish. Anna Prakaten saralashda chiqdi va 7:37.80 natija bilan marraga ikkinchi bo'lib etib keldi. Sportchimiz chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi u 30 iyul kuni chorak finalda chiqish qiladi.  


13:22. -48 kg vaznli dzyudochimiz Halimajon Qurbonova ozarbayjonlik raqibasidan ustun keldi. Endi u 1/16 finalda shveciyalik raqibasiga qarshi tatamiga chiqadi. 


13:19. Dzyudo. -60 kg vazn toifasida Doston Ro'ziev Ukraina sharafini himoya qilayotgan sportchi, kelib chiqishi o'zbekistonlik bo'lgan Dilshod Xolmatovga qarshi bahs olib bordi va afsuski Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. 



Bugun musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro'yxati: 

13:00 dan so'ng: Doston Ro'ziev (dzyudo)

13:00 dan so'ng: Halimajon Qurbonova (dzyudo)

13:15: Anna Prakaten (akademik eshkak eshish)

14:12:Anastasiya Zelinskaya (suzish)

14:45: Ilya Sibircev (suzish)

17:30: Olga Zabelinskaya (velosport)

19:00: Nigina O'ktamova (boks)

20:00: O'zbekiston - Misr (futbol)

23:00: Rasuljon Abdurahmonov (sport gimnastikasi)

23:00: Xabibullo Ergashev (sport gimnastikasi)

23:00: Abdullo Azimov (sport gimnastikasi)

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing