02 may 20:38
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonning JCHdagi raqibi Gvatemala U-20 terma jamoasi Argentinaga etib bordi
Gvatemala yoshlar terma jamoasi dastlab yig'in o'tkazib, so'ngra mundialda ishtirok etish uchun Argentinada hozir bo'ldi.
Meksikalik Rafael Loredo qo'l ostidagi jamoa mazkur mintaqaga etib kelgan ilk mehmon ishtirokchi sanaladi.
Murabbiyning aytishicha, Jahon chempionati oldidan Argentinada yig'in o'tkazish gvatemalaliklarning tezroq moslashishini taminlaydi.
Yig'in davomida jamoa Argentinaning "Xemnasiya", "Sakachispas", "Deportivo Riestra" hamda "Villa San-Karlos" jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.
Eslatib o'tamiz, Gvatemala U-20 Jahon chempionatida Argentina, O'zbekiston va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan. Jamoa ilk o'yinni okeaniyaliklarga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar