16 iyu 14:56
Yangiliklar
Pakyao - Matisse. Zarbalar statistikasi
Kechagi jangda filippinlik boks afsonasi barcha statistik ko'rsatkichlar bo'yicha Matissedan o'zib ketdi, deb xabar bermoqda CompuBox. To'liq bo'lmagan etti raund davomida Pakyao raqibiga 344ta zarba berdi. SHulardan 95 (aniqlik 27,6%)tasi mo'ljalga aniq etib bordi (yana 21ta zarba tana qismiga tekkan).
Lukas Matisse esa Pakyaoga jami 246ta zarba bera olgan. Zarbalarning 57 (23,2%)tasi aniq mo'ljalga borgan. Pakyaoning kuch bilan yo'llagan zarbalari raqibga nisbatan ikki barobar ko'p bo'lgan. Yani 181ta zarbadan 79tasi (43,8%) bevosita Matisseni topgan. Argentinalik bokschida esa bu ko'rsatkich 131ga 36 (27,5%)ni tashkil etmoqda.
SHuningdek, Menni Pakyao jang davomida 163ta jeb zarbalar yo'llagan va ularning 16 (9,8%)tasi aniq chiqqan. Matissening 115ta jebidan 21tasi (18,3%) mo'ljaldan adashmagan. Lukas faqat oltinchi raundda 10ta aniq zarba bera olgan, xolos.
Fikrlar