01 iyu 19:19
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Panarin 96 million dollarlik shartnomani qabul qilmadi
Rossiyalik mashhur xokkeychi Artemiy Panarin "Kolambus Blyu Jekets" klubi tomonidan shartnomani uzaytirish bo'yicha berilgan taklifni rad etdi.
"Mundirlar" Panaringa 8 yilga mo'ljallangan 96 million dollarlik shartnoma taklif qilishgandi. Kelishuvga ko'ra rossiyalik xokkeychi yiliga 12 million dollar maosh olishi kerak edi.
Hozirda Artemiy Panarinning xizmatiga Milliy xokkeyi ligasining "Florida Panterz", "Nyu-York Reynjers", "Kolorado Evelansh", "Nyu-York Aylenders" va "CHikago Blekxouks" klublari qiziqish bildirmoqda.
Malumot uchun, Panarin joriy mavsumda 79 ta uchrashuvda muzga tushib, 28 ta gol kiritishga, 59 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgan. U pley-off bosqichining 10 ta uchrashuvida 11 (5+6) ochko jamg'ardi.
Havola :
Fikrlar