So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

13 fev 18:07
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari

Pekin-2022. Kenten Fiyon-Maye ikki karra Olimpiada chempioni!

Teglar :  Biatlon
Pekin Olimpiadasi davom etmoqda.

Biatlon bo'yicha erkaklar o'rtasida 12,5 km masofaga o'tkazilgan taqib etish poygasi yakunlandi. Unda franciyalik Kenten Fiyon-Maye g'alaba qozondi. U barcha o'q otish maydonida bexato harakat qildi va yakunda Olimpiada chempioniga aylandi. Ikkinchi o'rinni norvegiyalik tajribali Tarey Byo egalladi. Kuchli uchlikka esa rossiyalik Eduard Latipov yakun yasab berdi. 

Franciyalik Kenten Fiyon-Maye uchun bu medal Pekin Olimpiadasidagi to'rtinchisi bo'ldi. Bugun esa Fiyon-Maye ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi. U individual poygada ham chempionlikni tantana qilgan edi. SHuningdek, Fiyo-Maye sprint va aralash estafetada kumush medal sohibi bo'lgan edi. 

Tarey Byo uchun bugungi medal Pekin Olimpiadasidagi uchinchi, Olimpiya o'yinlaridagi beshinchisi hisoblanadi. Byo Pekin Olimpiadasida aralash estafetada oltin, sprint bahslarida esa kumush medal egasiga aylandi. U shuningdek, Vankuver-2010 Olimpiadasida chempionlikni tantana qilgan bo'lsa, Pxyonchxang-2018 da shohsupaning ikkinchi o'rnini band etgan. 

Eduard Latipov ushbu Olimpiadada ikkinchi bronza medalini qo'lga kiritdi. Bir necha kun avval u aralash estafetada jamoasi bilan uchinchi o'rinni egallagandi.

Biatlon. Taqib etish poygasi 12,5 km. Erkaklar. 

1. Kenten Fiyon-Maye (Franciya) – 39.07,5 (0)

2. Tarey Byo (Norvegiya) – 28,6 (1)

3. Eduard Latypov (Rossiya) – 35,3 (1)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing