30 iyu 16:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41191_220.jpg)
Povetkin Joshua bilan jang oldidan jiddiy doping tekshiruvdan o'tadi
Superog'ir vaznda WBA chempionlik kamariga rasmiy davogar Aleksandr Povetkin bir necha marotaba doping tekshiruvdan o'tkaziladi.
Etiborlisi, rossiyalik bokschidan Entoni Joshuaga qarshi jangi uchun kechayotgan tayyorgarlik jarayonida hech qanday oldindan ogohlantirishlarsiz dopingga tahlil olinadi. Bu haqda Joshuaning promouter Eddi Xirn xabar berdi.
“Povetkin bu borada VADA qaydnomasiga o'z roziligini berdi. Tekshiruv jangga 16 haftaga qolganida boshlanadi. Qo'shimcha tekshiruvlar uchun bizning o'zimiz 50 000 dollardan to'laymiz. Bunday holat Klichko, Parker va Pulevga qarshi kechgan janglar oldidan ham kuzatilgan. Ular ham 6-8 marta doping uchun tahlil topshirishgan”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar