12 avg 18:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43402_220.jpg)
Povetkin Joshuaga qarshi jangga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBO International va WBA Inter-Continental chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Povetkin (34-1, 24 KO) 22 sentyabr kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladi.
Rossiyalik bokschi shu kuni WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua (21-0, 20 KO) bilan to'qnash keladi. Aleksandr Moskvaga qaytdi va bir necha kunlik tatildan so'ng yana mashg'ulot zaliga qaytadi.
“Joshua bilan bo'lib o'tadigan tayyorgarlikning birinchi bosqichidan ko'nglim to'ldi. Sasha mashg'ulotda astoydil ishladi”, - dedi Povetkinning murabbiyi Ivan Kirpa.
Malumot uchun, Aleksandr Povetkin WBA chempionlik kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. Uning Entoni Joshuaga qarshi chempionlik jangi 22 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar