05 sen 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Povetkindan ketma-ket doping tahlil olishyapti
22 sentyabr kuni London shahridagi muhtasham “Uembli” stadionida uzoq kutilgan professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida jahon chempionlik kamari uchun rasmiy davogar rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang oldidan Povetkin jiddiy, chuqurlashtirilgan doping nazoratdan o'tkazilyapti. Rossiyalik bokschining promouteri Andrey Ryabinskiyning so'zlariga qaraganda, uning mijozida hech qanday doping alomatlari aniqlanmagan.
“Hammasi joyida. Povetkin shu kungacha barcha doping tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o'tib oldi”, - dedi Ryabinskiy.
Havola :
Fikrlar