So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

11 iyu 08:40
Yangiliklar

Boks/MMA

“Prezident Kubogi”. Ettita medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik+FOTO

Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha ananaviy “Prezident Kubogi” nufuzli musobaqasi yakunlandi.

Dunyoning 15 davlatidan 150 nafardan ziyod bokschilar ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham medallar uchun ringga ko'tarilishdi. Umumiy ishtirokchilar sonining beshdan biri, yani 35 nafari mezbon bokschilar hisobiga to'g'ri keldi. 

Har bir vaznda 3-4 nafardan qozog'istonlik charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi. Bu esa ularning medallarni qo'lga kiritishdagi imkoniyatini keskin oshirib yubordi. Keyin hakamlar ham bizning bokschilarga qarshi kechgan janglarda ochiqchasiga mezbonlarga yon bosishdi. Bu esa yakuniy natijaga tasir o'tkazmay qolmadi. 

Qozog'iston terma jamoasi 10ta vazn toifasidan 8tasida oltin medalni qo'lga kiritdi. Qolgan ikki vaznning birida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev, yana birida esa rossiyalik Gabil Mamedov chempion bo'ldi. Aslida Mamedovga qarshi jangda hamyurtimiz SHunqor Abdurasulov g'alaba qozongan edi. Lekin bu safar ham hakamlar katta sahnaga chiqishdi. 

Yakunda 1ta oltin, 2ta kumush, 4ta bronza, jami 7ta medalni qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Bizga nisbatan bitta bronza kam jamg'argan Rossiya terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi. 

Terma jamoamiz delegaciyasi bugun soat 17:45da Toshkentga qaytib keladi.  

G'olib va sovrindorlar. Erkaklar

49 kg

I Temirtas Jusupov (Qozog'iston)

II Jomart Erjan (Qozog'iston)

III Lalbiakkima Nutlai (Hindiston), Vasiliy Egorov (Rossiya)

52 kg

I Anuar Muzapparov (Qozog'iston)

II Ladon Rogen (Filippin)

III Baba Ryusei (Yaponiya), Sivax Saxin (Hindiston)

56 kg

I Qayrat Eraliev (Qozog'iston)

II Dyuk Reygen (AQSH)

III SHahobiddin Zoirov (O'zbekiston), Ilyas Suleymenov (Qozog'iston)

60 kg

I Gabil Mamedov (Rossiya)

II SHunqor Abdurasulov (O'zbekiston)

III Erdenbat Cenbaatar (Mo'g'uliston), Zakir Safiullin (Qozog'iston)

64 kg

I Bekdaulet Ibragimov (Qozog'iston)

II Ikboljon Xoldarov (O'zbekiston)

III Vuttichay Masuk (Tailand), Aliyor Noraliev (O'zbekiston)

69 kg

I Aslanbek SHimbergenov (Qozog'iston)

II Ablayxan Jusupov (Qozog'iston)

III Mahmud G'oipov (O'zbekiston), Ardi Seylom (Tailand)

75 kg

I Abilxan Amankul (Qozog'iston)

II Erik Aljanov (Qozog'iston)

III Isroil Madrimov (O'zbekiston), Adam CHartoi (SHveciya)

81 kg

I Bektemir Meliqo'ziev (O'zbekiston)

II Bek Nurmaganbet (Qozog'iston)

III Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston), Imam Xataev (Rossiya)

91 kg

I Abzal Kuttibekov (Qozog'iston)

II Sadam Magomedov (Rossiya)

III Vasiliy Levit (Qozog'iston), Anton Pinchuk (Qozog'iston)

+91

I Kamshibek Kunkabaev (Qozog'iston)

II Maksim Babanin (Rossiya)

III Ayboldi Daurenuli (Qozog'iston), Nurlan Saparbay (Qozog'iston).

Reyting:    

Fikrlar

   
11 iyu 16:04:02
tohir
Тошкент аэропортига келишадими
   
11 iyu 12:42:06
Мистер Джокер
Isroilga 100foiz noxaqli buldida bulmasam 1chi urinda buliwimiz keregidi isroilga 75 kgda mos raqib yuq isroil chempioni shu vesdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing