10 iyu 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40157_220.jpg)
“Prezident kubogi”. Iqboljonda ham kumush, u 3-raundda jarohat oldi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonda boks bo'yicha nufuzli “Prezident kubogi” turniri o'z davom etmoqda.
Bugun musobaqaning hal qiluvchi final janglari o'tkazilyapti. Finalga etib kelgan uch bokschimizdan yana biri Iqboljon Xoldorov hozirgina Bekdaulet Ibragimovga qarshi o'z jangini yakunladi.
-64 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz jangni yomon o'tkazmadi. Faqat uchinchi raundning o'rtalarida qoshidan jarohat oldi. Natijada g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar Ibragimovni g'olib deb topishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar