09 iyu 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40104_220.jpg)
“Prezident kubogi”. Mezbon bokschini mag'lub etgan Meliqo'ziev finalda!
Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha ananaviy “Prezident Kubogi” nufuzli musobaqasi yakuniga yaqinlashmoqda.
Turnirning -81 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bektemir Meliqo'ziev hozirgina yarim final jangida qozog'istonlik Nurdauletovga qarshi ringga ko'tarildi. Uch raundlik jang yakunida hamyurtimiz g'alaba qozondi va turnirning finaliga yo'l oldi.
Etiborlisi, bu jangda ham xuddi avvalgisida bo'lgani referi ikkinchi raundda Bektemirdan bir ochko olib tashladi. Murabbiyimiz Rahmatjon Ro'zioxunov referiga raqib bokschimizning boshiga ochiq qo'lqop bilan zarba berayotganini tushuntirishga harakat qildi. Yakunda hakamlarga insof kelib qoldi chog'i, haqqoniy g'alabani hamyurtimizdan olib qo'yishmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar