27 iyu 09:07
Yangiliklar
Prof boks. O'zbekiston chempionatida ikki yarim finalchi malum
Bu haqda O'zbekiston professional boks federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universtitetining boks majmuasida chempionlik kamari uchun yarim final bosqichiga chiqish yo'lidagi qoldirilgan ikki jang bo'lib o'tdi.
Unda 53 kg vazn toifasida Olim Nazarov (Toshken shahri) Asadbek Malikov (Angren shahri) bilan, 69 kg vaznda esa Javohir Fozilov angrenlik Islom G'oipovga qarshi ringa ko'tarildi.
AQSH ringlarida toblangan tajribali Olim Nazarovga qarshi jang olib borgan Asadbek Malikov o'zining chiroyli harakatlari bilan yodda qoldi. Lekin tajriba baribir o'z so'zini aytdi va yakunda Nazarov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Javohir Fozilov esa raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar