So’nggi yangiliklar

14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0

19 iyu 08:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Profboks: O'zbekiston chempionati finali juftliklari malum

Yaqinda Andijonning Xonobod shahrida professional boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining dastlabki yarim final ishtirokchilari aniqlangan edi.

Kuni kecha Samarqand shahri mezbonlik qilgan musobaqaning ikkinchi qismida yarim finalning qolgan g'oliblari nomi malum bo'ldi. Xonobod kabi Samarqand musobaqasining tashkilotchiligi yuqori saviyada bo'ldi. 

Bokschilar 10 ta vazn toifasida 6 raundlik janglarda o'z omadini sinab ko'rishdi. Qolaversa, uchta to'rt raundlik o'rtoqlik janglar ham o'tkazilib, g'oliblar aniqlandi. To'rt raundlik janglarda 63 kg. vazn toifasida samarqandlik Saddam Mustafoev, 69 kg. da Farg'ona viloyati vakili Akmalxon Jamolxonov, 76 kg.da yana bir samarqandlik Fanat Qahramonovlar ustunlik qilishdi.

Jang kechasining asosiy bahslarida esa quyidagi charm qo'lqop ustalari final bosqichiga yo'llanma olishdi:

Doniyor Rahimboev (50 kg, Xorazm), Olim Nazarov(53 kg, Toshkent shahri), Akmalshox To'raev(57 kg, Buxoro), Mexroj Mavlonov (61 kg, Samarqand), Ulug'bek Do'stmurodov (63 kg, Navoyi), Akromjon Mamajonov (66 kg, Farg'ona), SHohruh Kamoldinov (79 kg, Toshkent shahri), G'aybullo Qo'chqorov (+90 kg, Namangan). Ular endi chempionlik janglarida ishtirok etadilar.

Final juftliklari:

50 kg: SHahzodbek SHarobiddinov (Andijon) – Doniyor Rahimboev (Xorazm)

53 kg: Nurjan Serikov (Navoiy) – Olim Nazarov (Toshkent)

57 kg: Beksulton Ravshanov (Toshkent v.) – Akmalshoh To'raev (Buxoro)

61 kg: Burgut Hojiboev (Namangan) – Mehroj Mavlonov (Samarqand)

63 kg: Abdurasul Ismoilov (Xorazm) – Ulug'bek Do'stmurodov (Navoiy)

66 kg: Muhammadsalim Sotiboldiev (Toshkent sh.) – Akromjon Mamajonov (Farg'ona)

69 kg: Muzaffar Rashidov (Surxondaryo) – Akmalxon Jamolxonov (Farg'ona)

76 kg: Rajapboy Otanazarov (Xorazm) – Muslim Olimov (Farg'ona)

79 kg: SHahzod Mauzerov (Surxondaryo) – SHohruhbek Kamoldinov (Toshkent)

+90 kg: Renat Rahimov (Qoraqalpog'iston) – G'aybullo Qo'chqorov (Namangan)

Final janglarining qaerda va qachon o'tkazilish masalasi yaqin vaqt ichida malum qilinadi.

SHuningdek, musobaqa davrida O'zbekiston professional boks federaciyasi bilan afg'onistonlik promouterlar va professional bokschilar hamkorlikni yo'lga qo'yish borasidagi birinchi qadamni tashlashdi. Afg'onistonning Qobul shahridan bir nafar promouter va ikki nafar professional bokschi yurtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish bo'yicha kelishib oldilar.

Kelishuvga ko'ra, qo'shni davlatdan tashrif buyurgan charm qo'lqop ustalari o'zbekistonlik tajribali murabbiylar Nabijon Ismonov hamda Zufar Sulaymonovlar qo'l ostida mashg'ulotlar olib boradigan bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing