So’nggi yangiliklar

12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0

10 sen 07:51
Yangiliklar

Boks/MMA

Professional boks. Farg'onada O'zbekiston chempionlari aniqlandi, g'olib 8 mln so'mga ega bo'ldi

Beshta vazn toifasida o'tkazilgan mazkur final janglari muxlis va mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi.

SHaxsan viloyat hokimi SHuhrat G'aniev tashabbusi bilan Farg'ona viloyati professional boks federaciyasiga taqdim etilgan “Amfiteatr” muxlislar bilan to'lib toshdi. 

Jang kechasini viloyat hokimi tabrik so'zlari va bokschilarga omad tilagan holda ochib berdi. So'ngra, O'zbekiston professional boks federaciyasi raisi o'rinbosari Vladimir SHin so'z olib, barcha farg'onaliklarni yangi qurib bitkazilgan professional boksga ixtisoslashgan “Ali” klubi va Farg'ona viloyati professional boks federaciyasi faoliyatiga omad tiladi. 

Janglar ham bir-biridan shiddatli ko'rinish oldi. Dastlab, 53.525 kg vazn toifasida uchinchi o'rin uchun farg'onalik Umidjon Malikjonov Xorazm viloyati vakili Yo'ldoshboy Ollonazarovni mag'lub etdi. Final jangida esa, tajribali Olim Nazarov navoiylik yosh iqtidor egasi Nurjan Serikovni mag'lub etdi va O'zbekiston chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. 

63.503 kg vazn toifasidagi janglar ham qiziqarli kechdi. Toshkent shahri vakili SHohrux Ashurov mezbon bokschi Islombek Tursunboev ustidan g'alaba qozonib, uchinchi o'rinni band etdi. Final jangida xorazmlik Abdurasul Ismoilov Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan Ulug'bek Do'stmurodovni 3-raundda texnik nokautga uchratdi va chempionlik kamariga ega bo'ldi. 

66.678 kg vazn toifasida uchinchi o'rin Xorazm viloyati vakili Farrux Ilhomovga nasib etdi. Uning raqibi musobaqaga etib kela olmadi. Final jangida Toshkent shahri vakili Muhammadsalim Sotiboldiev va mezbon bokschi Akramjon Mamajonov to'qnash keldi va unda poytaxtlik bokschi ochkolar hisobida ustun keldi. 

Qolgan vazn toifalarida faqatgina final janglari o'tkazildi. 69 kg vazn toifasida farg'onalik Akmalxon Jamolxonov surxondaryolik Muzaffar Rashidovni ochkolar hisobiga mag'lub etdi. 

So'ngi final 76,203 kg vaznda bo'lib o'tdi. Farg'ona viloyati sharafini himoya qilgan Muslimbek Olimov xorazmlik Rajapboy Otanazarovni birinchi raundning ilk soniyalaridayoq nokautga uchratdi. 

SHunday qilib, professional boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining 5 vazn toifasidagi dastlabki g'olib va sovrindorlari aniqlandi. Qolgan 5 vazn toifasidagi final janglari esa 15 sentyabr kuni Samarqandda o'tkaziladi. 

Eslatib o'tamiz, ushbu final janglari 6 raunddan iborat bo'lib, g'olib - 8 mln, ikkinchi o'rin soxibi - 4 mln, uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan bokschi - 2 mln so'mni qo'lga kiritdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing