06 avg 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter: “SHartnomada Kovalyovning Alvaresga qarshi revansh jangi yuzasidan band bor”
Sergey Kovalyovning promouteri Keti Duva rossiyalik bokschining kechagi mag'lubiyatida uning yoshi hech qanday ahamiyatga ega emasligini aytdi.
Duva o'z fikriga qo'shimcha tarzda shartnomada revansh jangi haqidagi band borligini malum qildi.
“Sergey yoshi sabab mag'lubiyatga uchradi, degan fikrdan yiroqman. U olti raund davomida jangni o'z nazorati ostida ushlab turgandi. Bu faxriy bokschining xatti-harakatlari emasdi. SHunchaki bitta zarba vaziyatni o'zgartirib yubordi. SHartnomada revansh jangini o'tkazish bandi bor. Ishonchim komil, Kovalyov revanshda g'alaba qozona oladi”, - dedi Duva.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar