09 sen 21:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Qaynoq xabar. Ulug'bek Sobirov Filippinda jang qildi FOTO
Hozirgina professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Ulug'bek Sobirov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga filippinlik Dondon Sultan raqiblik qildi.
Malumot uchun, Ulug'bek shu kungacha prof ringda 7 marotaba jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongandi. Janglarining beshtasida u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Sultan esa 46ta jang o'tkazib, ularning 20tasida raqiblaridan ustun kelgan (11tasi nokaut). 23tasida esa mag'lub bo'lgan (8ta nokaut). Uchta jangda esa durangga erishgandi.
Bugungi jangning 5-raundida Ulug'bek Sobirov texnik nokaut bilan g'alaba qozondi. SHu tariqa Sobirov 8-jangida 8-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar