13 avg 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston prezidenti SHavkat Rahmonovning otasi vafotiga munosabat bildirdi
Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev UFCda mag'lubiyatsiz ishtirok etayotgan vatandoshi SHavkat Rahmonovning otasi Baqtibay Alpamisov vafoti munosabati bilan unga chuqur hamdardlik bildirdi.
«Baqtibay Rahmonuli munosib hayot kechirgan, hurmatga sazovor inson edi. U haqiqiy vatanparvar sifatida sizdek kuchli va mard o'g'ilni tarbiyalab voyaga etkazdi. Siz mamlakat nufuzini yanada yuksaltirib, butun xalqimiz faxriga aylandingiz», deyiladi Prezident matbuot xizmati tomonidan elon qilingan rasmiy bayonotda.
Qozog'iston ommaviy axborot vositalari malumotlariga ko'ra, Baqtibay Alpamisov 2 avgust kuni 66 yoshida vafot etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar