06 iyu 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41502_220.jpg)
Rasman. Joshua navbatdagi ikki jangini “Uembli”da o'tkazadi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua rasman o'zining navbatdagi ikki jangini Londondagi “Uembli” stadionida o'tkazishini malum qildi.
“Uembli” stadioni o'z bag'riga 90 000 tomoshabinni sig'dira oladi. O'tgan yili u shu stadionida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi superjang o'tkazgandi.
Joshuaning navbatdagi jangi 22 sentyabr kuniga belgilangan. Entoni shu kuni WBA kamarini rossiyalik rasmiy davogar Aleksandr Povetkindan himoya qiladi.
SHuningdek, britaniyalik jahon chempioni 2019 yilning 13 aprel kuniga ham “Uembli”ni “bron” qilib qo'ydi. Katta ehtimol bilan bo'lajak jang WBC chemponi amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar