15 sen 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman. Kovalyov-Alvares 2 jangi tasdiqlandi, revansh bo'ladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov hamda WBO chempioni Eleyder Alvares o'rtasidagi revansh jangining o'tkazilishi rasman tasliqlandi.
Ushbu revansh jangi 2019 yilning boshida o'tkaziladi. SHu kunlarda jang sanasi va manziliga oydinlik kiritiladi. Bir narsa aniqki, har ikki tomon revansh jangining o'tkazilishiga rozilik bergan.
Eslatib o'tamiz, Alvares shu yili o'tkazilgan ilk jangda rossiyalik bokschini texnik nokautga uchratib, raqibining chempionlik kamarini tortib olgandi. Revansh jangini Amerikaning ESPN telekanali translyaciya qiladi. Ayni paytda Kovalyov hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov qo'l ostida jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar