17 iyu 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman: MPL 6'ning sanasi va manzili malum + POSTER
Xabaringiz bor, 21 may kuni Muradov Professional Ligasinining 5-raqamli turniri bo'lib o'tgan edi.
Liga prezidenti Maxmud Muradov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali 6-turnir qachon bo'lib o'tishi haqida malumot berdi. Unga ko'ra MPL'ning 6-turniri 9 iyul kuni, poytaxt — Toshkentda bo'lib o'tadi. Yana bir malumotga ko'ra, bu turnirda o'tgan gal SHohasan Mirzamatovni mag'lub etgan Edil Esengulov va Mirshoh Jafarovni nokautga uchratgan Xamzat CHapanov o'zaro jang qiladi.
Malumot uchun, Muradov Ligasining 5-raqamli turniri 21 may kuni, Qo'qonda bo'lib o'tgan edi. Avvalroq, MPL'ning UFC Fight Pass tomonidan translyaciya qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
MPL 5 qanday o'tgani haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar