02 fev 17:17
Yangiliklar
Rasman. Rossiya O'zbekistonga o'tishini "istamagan" uch rus sportchisiga Xalqaro konkichilar ittifoqi ruxsat berdi, ular qishki Osiyo o'yinlarida qatnashadi!
Avvalroq, sportchilar Rossiya konkichilar ittifoqi tomonidan ikki yillik karantinga duchor bo'lgandi.
Endi ular O'zbekiston terma jamoasi safida 7-14 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlarida qatnashishadi. Bu haqda Semerikov va bundan tashqari, Rossiya konkichilar ittifoqi raisi Nikolay Gulyaev malum qildi.
(suratda Danila Semerikov)
"Rossiya konkichilar ittifoqi karantinidan ozod bo'ldim va ISU'dan tasdiqnoma oldim. Endi xalqaro musobaqalarda qatnasha olaman. Birinchisi Osiyo o'yinlari bo'ladi", deydi konkida yuguruvchi Danila Semerikov.
"Ha, biz karantin muddatini qisqartirdik", deya aytib o'tgan Nikolay Gulyaev.
Match TV xabariga ko'ra, sportchilar O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarga yo'llanma olganliklari to'g'risida ISU tomonidan sertifikatlar berilgan.
(suratda Daniil Eybog)
(suratda Denis Ayrapetyan).
Fikrlar