So’nggi yangiliklar

13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0

31 may 10:22
Yangiliklar

Futbol

Ravshan Haydarov Isroildan qabul qilib olingan alamli mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Teglar :  O'zbekistonIsroil
U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O'zbekiston - Isroil uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrini bildirdi.

"Afsuski, alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yinni yomon o'tqazmadik. Raqib bilan tengma-teng o'yin namoyish etdik. Vaqti-vaqti bilan ustunlikka ham erishdik. Hatto gol urdik. Darvoza to'sinini nishonga oldik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Bunday o'yinda tizginni ushlab turish qiyin. Umarali Rahmonalievning maydonda yo'qligi bilinib qoldi. Birinchi bo'limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik. SHu bois, o'yinni zaxira futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qildik. Afsuski, o'yin so'ngida raqib jamoa bosimni kuchaytirdi. Xatolar yuzaga keldi va standartdan gol o'tkazib yubordik. Bu juda alamli mag'lubiyat. 

O'yin davomida hujumchilar tetik harakat qilishdi, ammo boshqalar jismoniy tarafdan qarshilik ko'rsatishga qiynaldi. SHu bois, pozicion uslubni afzal ko'rdik. Faqatgina qo'shimcha bo'limlar to'g'risida o'ylab qolganimiz yo'q. Qarshi hujumlar tashkillashtirishni maqsad qilgandik. 

Bu kabi musobaqalar taqvimini belgilash bizning qo'limizda emas. Turnirga tayyorlanish uchun qancha uzoq muddat bo'lsa, shuncha yaxshi. Bu yoshdagi yigitlarning ruhiyati o'zgaruvchan. Mag'lubiyatni ham, g'alabani ham to'g'ri qabul qilish kerak. Biz bu jabhada ham harakat qildik. Ehtimol, yigitlar o'ziga bo'lgan talabni kamaytirgandir. Bu o'zaro suhbat yoki mashg'ulotlarda ko'zga tashlanmasa ham, mana shunday katta o'yinlarda bilinib qoladi. O'ylaymanki, jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi. Jamoaning kelajagi bor. Ushbu natijalar ularning karerasining mustahkam bo'lishiga xizmat qilishi kerak. Yigitlar hali yosh, ularni hali boshqa musobaqalar kutib turibdi. 

Nematjonov jarohat oldi, shu bois almashtirildi. U maydonda o'z imkoniyatini ko'rsatishga harakat qildi. Xoldorxonov ham shunday og'ir uchrashuvda imkoni boricha harakat qildi. Futbolchilarga bazi vaziyatlarda biroz tajriba etishmadi. Har bir o'yinchida rivojlanish jarayoni turlicha bo'ladi. Bunday turnirlar esa ular uchun imkoniyat sanaladi", dedi yoshlar terma jamoamiz ustozi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing