31 may 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya dekabr oyida chempionga qarshi jang kilmoqchi
Amerikalik bokschi Rayan Garsiya hamyurti Jervonta Devis bilan jang o'tkazish istagi borligi xaqida o'zining ijtimoiy tarmoqlarida yangi post joylashtirdi.
"16 iyul barchasini hal qilishimga ruxsat bering. Men Devis bilan jang qilmoqchiman. U butun jang davomida navbatdagi raqib men bo'lishimni takidladi. Mayli! SHunday bo'la qolsin. Dekabrda buni amalga oshiramiz", — deya yozgan Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Nyu-York shahridagi boks oqshomida Jervonta Devis Rolando Romeroni oltinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik unvonini himoya qildi. Nokautga uchragan Rolando jangni davom ettirmoqchi bo'lgan. Ammo, hakam jangni muddatidan avval to'xtatdi. Romero jamoasi ayni paytda bu qarordan norozi. Avvalroq Romero jangning har bir raundida ustunlik qilganini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar