26 apr 10:11
Yangiliklar
Futbol
“Real” bosh murabbiyi kechagi sharmandali mag'lubiyatga izoh berdi
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan “Jirona”ga (2:4) qarshi bahsdan so'ng jamoasini tanqid qildi.
“Ayniqsa bunday mag'lubiyatlardan so'ng tun yanada uzun bo'ladi. Umuman olganda, biz juda yomon himoyalandik. Bu mag'lubiyatimizning asosiy omili. Har tomonlama juda past darajadagi o'yin, jamoa juda asabiy ko'rindi.
Bazi mag'lubiyatlaridan so'ng nimadir o'rganish imkoniyati borligidan xursand bo'lasan, biroq bugungi o'yindan emas. Bugun himoyada odatdagidek ishonch yo'q edi. Agar futbolchilar buni tushunmasa, men buni har kuni takrorlashga majburman”,-dedi Anchelotti.
Havola :
Fikrlar