01 may 14:01
Yangiliklar
Ronaldu va "Al Nassr" OCHLda ishtirok eta olmasligi mumkin
Saudiya Arabistoniga berilgan 3+1 yo'llanmasini 2ta jamoa qo'lga kiritib bo'lgan.
"Al Hilol" amaldagi chempion,
"Al Fayha" amaldagi kubok sohibi (pley off).
2022/23 chempioni
1. "Al Ittihod" 24 o'yin, 59 ochko.
2. "Al Nasr" 25 o'yin, 56 ochko.
3. "Al SHabab" 24 o'yin, 50 ochko.
2022/23 kubok sohibi
Final, 12 may. "Al Hilol" va "Al Vahda".
Bu vaziyatda sensaciya yuz berib, 13-o'rindagi "Al Vahda" finalda 4-o'rindagi "Al Hilol"ni yutib qo'ysa va "Al Ittihod" chempionlik poygasida birinchi kelsa, OCHL o'zi kutayotgan Ronalduni yo'qotadi.
Lekin vaziyatga real qarasa, "Al Hilol" juda kuchli. Ammo 6 may kuni ular OCHL g'olibligi yo'lida ikkinchi finalni Yaponiyada o'tkazadilar. Agar ular OCHLda g'alaba qozona olsalar, tabiiyki, kubok uchun ja katta ishtiyoq bilan o'ynamasligi mumkin. Qolaversa charchoq ham bo'ladi. "Al Vahda" uchun bu hayot-mamot jangi. Bitta o'yinga tayyorlanish mumkinligini, 1/2 finalda "Al Nasr"ga qarshi ko'rsata oldilar.
SHu tariqa kubok "Al Vahda"ga o'tib ketsa, u holda Ronalduning asabi yana buziladi.
CHempionatda birinchi bo'lish ham oson emas. 1 ta o'yin ko'p va o'zaro natija "Al Ittihod" foydasiga (1:0, 0:0).
"Al Ittihod"ni "Al Hilol"ga qarshi qiyin o'yini borligini ham unutmaslik kerak.
Lekin shuncha katta mablag'ni qirollik g'aznasidan to'layotgan mamlakat "Al Nasr"ni OCHLga chiqa olmasligini “istamasa” kerak.
Fikrlar