So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

31 iyu 16:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Rossiya Qozog'istonda o'tkaziladigan World Boxing Jahon chempionatida ishtirok etmoqchi

Rossiyalik bokschilar 2027 yilda Qozog'istonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bu haqda Rossiya boks federaciyasi Murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravcov malum qildi.

"Saralash bahslari kelasi yildan boshlanadi. Biz kelasi yil bahorida Qozog'istonda o'tadigan jahon chempionatida qatnashishga tayyorgarlik ko'ryapmiz", — dedi Kravcov.

Avvalroq Rossiya sport vaziri Mixail Degtyaryov World Boxing tashkiloti rossiyalik bokschilarga nisbatan cheklovlarni bekor qilgani va ularga xalqaro musobaqalarda milliy bayroq hamda madhiya bilan ishtirok etishga ruxsat berganini malum qilgan edi. Uning so'zlariga ko'ra, Rossiyaning huquqlarini tiklash masalasi 2026 yil yanvar oyida Toshkent shahrida World Boxing prezidenti va Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Gennadiy Golovkin bilan muhokama qilingan.

2026 yil mart oyida tashkilotning ijroiya kengashi Rossiya boks federaciyasining World Boxing safiga qo'shilish haqidagi arizasini maqulladi. Aprel oyida rossiyalik bokschilarga neytral maqomda turnirlarda qatnashishga ruxsat berilgan edi, endilikda esa ular mamlakatni milliy ramzlar ostida namoyon eta oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing