22 iyu 09:49
Yangiliklar
Saka Turkiyadagi zilzilalarda aziyat chekkan 26 ta oilani yangi turar-joy bilan taminladi
Bukayo Saka Turkiyadagi zilzilalardan aziyat chekkan 26 oilaga yangi turar-joylar bilan yordam berdi. Futbolchi BigShoe deb nomlangan xayriya aksiyasida qatnashdi. Unga ko'ra futbolchi Adiyaman, Qahramonmarash va Malatya shaharlaridagi oilalarga yangi turar-joy xarajatlarini to'lab berdi. Bu oilalar yotoqxona, mehmonxona va oshxona bilan jihozlangan konteynerlarga joylashtiriladi.
"Boshpanasi bor har bir inson o'zini baxtli his qilishi mumkin. Falokat bu insonlardan o'zlarida bor barcha narsani olib ketdi. Kimgadir yordam berish menga ko'p narsani anglatadi", -deydi Bukayo Saka.
Malumot uchun, shu yilning fevral oyida Turkiya va Suriyada dahshatli zilzilalar yuz bergandi. O'shanda Turkiyada 50 500 nafar inson hayotdan ko'z yumgandi, yana 107 mingdan ortiqroq inson esa jabrlangandi.
Fikrlar