06 avg 08:26
Yangiliklar
Segey Kovalyov: “Qo'lqoplarni mixga iladigan fursat keldi, chog'i”
Rossiyalik bokschi ettinchi raundda nokaut evaziga mag'lubiyatini tan olgandi. U o'zining Instagram sahifasi orqali muxlislarga murojaat qilib, tez orada faoliyatini yakunlashini aytdi.
“Hozir o'zimni yaxshi xis qilyapman. Lekin shunga qaramay, baribir MRT tekshiruvidan o'tishim kerak. Kutilmagan zarba o'tkazib yubordim. Ungacha jangni nazorat qilayotgan edim. Xatto ochkolar hisobiga ko'ra katta farq bilan oldinda borayotgandim. Bilmadim, balki faoliyatimni yakunlash fursati etgandir. Tez orada yakuniy qarorimni elon qilaman”, – dedi Kovalyov.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovalyov o'zbekistonlik murabbiy Abror Tursunpo'latov qo'l ostida shug'ullanib kelmoqda. Tursunpo'latov Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar