13 avg 08:59
Yangiliklar
SHahram G'iyosov 17 avgust kuni ringga chiqadi, raqib jiddiy!
Ushbu jang 17 avgust kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Bu galgi raqib anchagina jiddiy. Ganalik Albert "Tornado" Mensa 17 avgust kuni hamyurtimizga qarshi jang o'tkazadi.
Malumot uchun, 35 yoshli Mensa faoliyati davomida 38ta jang o'tkazib, ularning 31tasida g'alaba qozongan. Oltita jangida mag'lubiyatga uchragan, bitta bahs durang bilan yakunlangan. Nokaut evaziga g'alaba qozongan janglari soni 15ta. O'zi hali nokaut bo'lmagan. Faoliyatini 2002 yilda boshlagan,
SHahram G'iyosov esa prof boksda 3ta jang o'tkazib, uchchalasida g'alabaga erishgan. Ikkita jangni muddatidan avval yakunlagan. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini 15 iyul kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida meksikalik nokautchi Daniel Echeverriyaga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundning o'zida nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar