13 iyu 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov: CHiroyli jang ko'rsatib, g'alaba qozonmoqchiman
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangini 14 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.
Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot va media departamenti mazkur jang oldidan hamyurtimizning fikrlari bilan qiziqdi.
«Jangga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda. Men doimiy tartibga qatiy rioya qilaman va tayyorgarlikni aslo bo'shashtirmayman. Mashg'ulotlar juda yaxshi davom etmoqda. Bir oy davomida O'zbekistonda bo'lib, turli tadbirlarda ishtirok etdim. Tabiiyki, bu vaqt ichida mashg'ulotlarni ko'ngildagidek olib bora olmadim. Ammo, barchasi yaxshi bo'ladi. Umid qilamanki, chiroyli jang ko'rsatib, bahsni o'z foydamga hal qilaman», – dedi SHahram G'iyosov.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar