09 sen 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov "Uembli"da jang qiladi, raqib jiddiy!
Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov o'zining navbatdagi jangini 22 sentyabr kuni Britaniyadagi "Uembli" stadionida o'tkazadi.
Hamyurtimizga o'sha kungi bahsda nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda to'rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut). Lagunaning bu boradagi ko'rsatkichi esa maqtansa arzigulik. U 14ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'olib bo'lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, 22 sentyabr kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadigan jang oqshomining asosiy to'qnashuvi Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
.