14 iyu 10:20
Yangiliklar
SHahram G'iyosov va uning nokautchi raqibi taroziga chiqdi + VIDEO
Hamyurtimiz bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida ringga ko'tariladi. Uning raqibi tajribali bokschi Daniel Echeverriya bo'ladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, meksikalik bokschi 26 yoshda bo'lib, faoliyatini 2012 yilda boshlagan. SHu kungacha prof boksda 24ta jang o'tkazib, ularning 19tasida g'alaba qozongan. O'n ettita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag'lubiyatga uchratgan, shulardan ikkitasi nokaut bilan.
SHahram G'iyosov esa prof ringda 2ta jang o'tkazib, ularning har ikkisida g'alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini muddatidan avval mag'lub etgan.
Fikrlar