12 iyu 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosovning 14 iyul kungi raqibi malum, u meksikalik nokautchi!
Avval xabar berganimizdek, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori SHahram G'iyosov professional boksdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni o'tkazadi.
SHu kuni G'iyosov AQSHning Los-Anjeles shahridagi Florentine Gardens Hollywood arenasida ringga ko'tariladi. Uning raqibi tajribali bokschi Daniel Echeverriya bo'ladi. Meksikalik bu bokschi 26 yoshda bo'lib, faoliyatini 2012 yilda boshlagan.
SHu kungacha prof boksda 24ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 19tasida g'alaba qozongan. O'n etti jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Beshta jangda mag'lubiyatga uchratgan, shulardan ikkitasi nokaut bilan. SHahram 2ta jang o'tkazib, har ikkisida g'alaba qozongan. Janglarning birida u raqibini muddatidan avval mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar