10 avg 11:13
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov uchun yana bir katta yo'qotish - uning otasi vafot etdi
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonovning otasi Baqtibay Rahmonuli 66 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Vesti.kz nashri Ozgerisinfo axborot portaliga tayanib xabar berdi.
Manba malumotiga ko'ra, fojea 2 avgust kuni sodir bo'lgan. Bu haqda Ozgerisinfo akkauntida elon qilingan marhum xotirasiga bag'ishlangan maraka haqidagi xabar orqali malum bo'lgan. SHuningdek, malumotni jangchi jamoasiga yaqin manba ham tasdiqlagani aytilmoqda.
"Hurmatli qarindoshlar, yaqinlar va do'stlar. Otamiz Alpamisov Baqtibay Rahmonuly xotirasiga bag'ishlab, Quron tilovat qilinadigan payshanba marakasi o'tkaziladi. Quron tilovatida ishtirok etib, duolar qilishingizni so'raymiz", — deyiladi yaqinlariga yo'llangan murojaatda.
Marosim 13 avgust, payshanba kuni Qarag'anda shahrida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : Vesti.kz
Fikrlar