12 iyu 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko Ronda Rouzining rekordini yangiladi
Bugun Singapurda o'tgan UFC 275 turnirida Valentina SHevchenko o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Qirg'izistonlik chempion reytingda to'rtinchi o'rinni egallab turgan braziliyalik Tayla Santosni ochkolar hisobiga ko'ra (48:47, 47:48, 49:46) mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Valentina SHevchenkoning ettinchi chempionlik himoya jangi edi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha qirg'izistonlik chempion UFC ayollar ligasida rekord o'rnatdi. Avvalgi rekord Ronda Rouziga tegishli bo'lib, amerikalik olti jangda chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar