01 dek 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohid Tillaboev: "O'zbekiston chempionatida xorijiy neytral hakamlar ishlashi - ananaga aylanib bormoqda"
O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboev ortda qolgan O'zbekiston chempionati haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu yilgi O'zbekiston chempionati keskin bahslarga, shiddatli janglarga boy bo'ldi.
Erkaklar o'rtasida 13, qizlar o'rtasida esa 12 ta vazn toifasida mamlakat chempionlari aniqlandi.
Bu yilgi musobaqamizda ham xorijiy tajribali, neytral hakamlar faoliyat olib borishdi. Bu O'zbekiston chempionati uchun ananaga aylanib bormoqda desak, mubolag'a bo'lmaydi.
SHuningdek, musobaqada sovrindor bo'lgan bokschilarimiz diplom va medallardan tashqari, pul mukofotlariga ham ega bo'lishdi.
Oltin medal sohiblari 10 million, kumush medal egalari 5 million, bronza medal egalari esa 2,5 million so'mdan pul mukofotiga ega bo'lishdi", - dedi SHohid Tillaboev olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar