26 noy 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev bugungi jangda faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi
Biroz oldin AQSHning Las-Vegas shtatida joylashgan "Michelob Ultra Arena" majmuasida davom etayotgan professional boks oqshomi doirasida SHohjahon Ergashev - Sabriel Matias jangi yakunlandi.
Matiasning IBF yo'nalishidagi chempionlik kamari uchun kechgan jang oltinchi raund avvalida yakunlandi. Unda Ergashevning burchagi jangni davom ettira olmasligini malum qildi va jang texnik nokaut bilan Sabriel foydasiga yakunlandi.
Afsuski, bugungi jangda mag'lub bo'lgan Ergashev faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U bungacha 23 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan edi.
Avvalroq, SHohjahon bu jangdan so'ng katta ehtimol bilan faoliyatini yakunlashi haqida aytgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar