16 iyu 09:54
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev chempionlik kamarini Moskvada himoya qiladi, jang sanasi malum+FOTO!
Bokschimizning bizga xabar berishicha, jang 19 avgust kuni Moskva shahrida bo'lib o'tadi. Ayni paytda hamyurtimiz murabbiyi bilan birgalikda bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
- 19 avgust kuniga belgilangan jangda chempionlik kamarimni himoya qilaman. Hozirda promouterlarimiz bir necha nafar bokschilar bilan muzokara olib borishyapti. Bir narsa aniqki, raqib amerikalik bokschi bo'ladi, - dedi Ergashev.
Eslatib o'tamiz, WBA International kamari sohibi SHohjahon o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida xitoylik Vang Jiminni 100:90, 99:91, 100:90 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Ergashev prof ringda 13ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Nokautlari soni 12ta!
Fikrlar