01 dek 09:25
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev revansh masalasida murojaat qildi + FOTO
Uning doirasida hamyurtimiz SHohjahon Ergashev (23-1-0) IBF yo'nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriel Matias (20-1-0)ga qarshi ringga ko'tarilgan va jarohati sabab jangni yakuniga etkaza olmagan edi. SHohjahon mana shu chempionlik jangi uchun 17 kilogramm vazn tashlashiga to'g'ri kelgandi. Jangdan keyin Ergashev shu yil aprel oyida nomalum kimsalar oyog'iga pichoq tiqib ketishgani va aynan shu jarohat chempionlik bahsida pand berganini aytgandi.
Yanada kuchli bo'lib qaytishini aytgan charm qo'lqop ustamiz Instagram sahifasi orqali o'z o'quvchilariga murojaat qildi. Ergashev kuzatuvchilardan Matiasga qarshi revansh jangi haqida so'ragan. So'rovnomada ovoz berganlarning 91 foizi revansh jangi o'tkazilishi kerak degan. Qolgan 9 foizi esa revanshga hojat yo'q degan manoda qarshi tugmani bosgan.
Malumot uchun, 31 yoshli Ergashev ketma-ket 23 g'alabadan so'ng faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi. Matiasda ham bitta mag'lubiyat bor. IBF chempioni Ergashevga qarshi janggacha 19 ta g'alabaga ega edi.
Fikrlar