11 mar 13:35
Yangiliklar
Qishki sport turlari

SHort-trekchi Daniil Eybog Jahon chempionatida ishtirok etadi
14-16 mart kunlari Xitoyning Pekin shahrida short-trek bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi azosi Daniil Eybog ham qatnashadi.
Bu 27 yoshli Daniil uchun O'zbekiston safidagi ikkinchi musobaqa bo'ladi. U fevral oyida Xitoyning Xarbin shahrida o'tkazilgan qishki Osiyo o'yinlarida termamiz uchun debyut qilgandi.
Avvalroq, figurali uchuvchilar Ekaterina Geynish hamda Dmitriy CHigiryov ham mart oyida Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar