20 iyu 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/40692_220.jpg)
SHu haftadayoq Uaylder - Joshua jangi yuzasidan shartnoma imzolanishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida anchadan beri o'tkazilishi kutilayotgan birlashtiruvchi chempionlik jangi bo'yicha shartnoma shu haftaning o'zida imzolanishi kutilyapti.
Taniqli promouter Eddi Xirn WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylderning jamoasiga rasmiy shartnoma hujjatini jo'natli. Xirn WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaning promouteri hisoblanadi.
“Ishonchim komil, yaqin kunlarda shartnomaga imzo chekiladi va barcha orziqib kutayotgan jang shu yilning o'zidayoq bo'lib o'tadi. Uaylder o'z javobini uzoq kuttirmaydi. Jangni oktyabr yoki noyabr oyida “Uembli” stadionida o'tkazishni mo'ljallab turibmiz”, - dedi Joshuaning promouteri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar