16 noy 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Endi Ruizning qachon ringga qaytishi malum bo'ldi
Uch yo'nalishda sobiq jahon chempioni Endi Ruiz navbatdagi jangini qachon o'tkazishini malum qildi.
«Men shifokorlarning yashil chiroq yoqishini kutyapman. Yanvar yoki fevral oxirida jangga tayyor bo'laman. Asosiy vazifam - yaxshi formada qolish. Atrofimda ko'plab buyuk ismlar bor. Odamlar Deontey Uaylder, Luis Ortis, Dillian Uayt haqida gapirishadi... Men tayyor bo'lishga harakat qilaman», - dedi Ruiz Fighthype nashriga.
Eslatib o'tamiz, Ruiz oxirgi marta may oyida jang o'tkazib, o'shanda Kris Arreolani mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar