07 iyu 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Superog'ir vaznda yana bir qiziqarli jang tasdiqlandi + POSTER
9 iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Revansh maqomidagi jangda britaniyalik 38 yoshli Derek CHisora (32-12, 23 KO) bolgariyalik 41 yoshli Kubrat Pulev (29-2, 14 KO) bilan to'qnash keladi. Jang 9 iyul kuni Londondagi The O2 arenada bo'lib o'tadi.
Bokschilar o'rtasidagi ilk jang 2016 yilning may oyida Germaniyaning Gamburg shahrida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Pulev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Hakamlarning ikki nafari Kubrat, uchinchisi CHisoraning g'alabasini taminlagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar