27 sen 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45785_220.jpg)
Superseriyaning ikki chorak final jangi anons qilindi
Butunjahon boks superseriyasi tashkilotchilari rasman yana ikkita chorak final jangining o'tkazilish sanasini tasdiqlashdi.
Ushbu ikki jang birinchi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Har ikki chorak final jangi 10 noyabr kuni AQSHning CHikago shahrida bo'lib o'tadi.
Sobiq WBC yo'nalishi chempioni Mayris Briedis Noel Mikaelyanga qarshi ringga ko'tariladi. Mayris so'nggi mavsumda yarim finalga qadar etib kelgandi. Ikkinchi chorak final juftligida sobiq WBO chempioni Kshishtof Glovackiy rossiyalik Maksim Vlasov bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar