17 avg 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Ikki “qop” - Uaylder va Joshuadan kamarlarni qaytarib olaman”
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ertangi jangi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, asosiy raqiblari haqida ham to'xtaldi.
Britaniyalik bokschi ertaga, 18 avgust kuni italiyalik Franchesko Pianetaga qarshi ringga ko'tariladi. Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylder hamda WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshuani o'ziga raqib sifatida ko'rmayapti.
“Men avvaliga Franchensko Pianeta bilan hisob-kitob qilib olishim kerak. Keyin Deontey Uaylder va Entoni Joshuaga etiborimni qarataman. Bu ikki “qop”ni osonlikcha mag'lub etib, chempionlik kamarlarini qaytarib olmoqchiman. Ularda aql degan narsaning o'zi yo'q. SHuning uchun ham ular menga raqiblik qila olmaydi”, - dedi Fyuri ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar