15 iyu 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri jiddiy tarzda vada berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 18 avgust kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Xabaringiz bor, britaniyalik bokschi deyarli uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan va albaniyalik Sefer Seferini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u murabbiyi Ben Deyvison bilan birgalikda italiyalik Franchesko Pianetaga qarshi o'tkaziladigan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
“Ben mendan jiddiyroq bo'lishni va mashg'ulotlarga ham shu kayfiyatda yondashishim kerakligini so'ramoqda. Men hayotda quvnoq insonman. Xatto Klichkoga qarshi jangga ham shunday kayfiyatda tayyorgarlik ko'rganman. Lekin murabbiyim bu safar mendan jiddiylikni talab qilayotgan ekan, shunday bo'lishga majburman. Ishoning, men xatto kulmayman ham”, - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar