04 avg 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Uaylder bilan jangim dekabrda, Las-Vegasda o'tkaziladi”
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Behind the Gloves ko'rsatuvida chiqish qilib, WBC chempioni Deontey Uaylder bilan jang o'tkazishini aytdi.
Britaniyalik bokschining so'zlariga qaraganda, ushbu chempionlik jangi shu yilning dekabr oyida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Taysonning so'zlariga ko'ra tomonlar 48 soat ichida jang yuzasidan kelishuvga erishishgan.
“Menga Uaylder bilan janging dekabr oyida Las-Vegas shahrida o'tkaziladi, deb aytishdi. Qandaydir ikki kun ichida jang yuzasidan kelishib olindi. Bu ajoyib boks kechasi sifatida tarixda qoladi”, - dedi Fyuri.
Malumot uchun, Tayson Fyuri 18 avgust kuni Belfast shahrida italiyalik Franchesko Pianettaga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar