18 sen 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Uaylderga qarshi jang oldidan talab qo'ydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga qarshi kechadigan jang oldidan o'z talablarini ilgari surdi.
Britaniyalik bokschi tashkilotchilarga Uaylder bilan bo'lib o'tadigan chempionlik jangidagi hakamlar turli mamlakatlardan bo'lishi kerakligini aytgan va buni talab sifatida qabul qilishlarini so'ragan.
“Bo'lajak jangda neytral, yani betaraf bo'lgan hakamlarni ko'rishni istayman. Biri AQSH, yana biri Angliya, uchinchisi betaraf davlatdan bo'lgan hakam jangga tayinlansin. Hammasi haqqoniy bo'lishi kerak”, - deya o'zining Twitter sahifasida xabar qoldirgan Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi chempionlik jangi 1 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar