09 avg 11:16
Yangiliklar
Tayson Fyuri: “Uaylderni tekinga nokaut qilardim”
Sobiq jahon chempioni hisoblangan Tayson Fyuri deyarli uch yillik tanaffusdan so'ng katta boksga qaytgan va albaniyalik kuchsiz raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratgan edi. Hozirda u italiyalik Franchesko Pyanetaga qarshi kechadigan jangiga tayyogarlik ko'rmoqda.
“Bilasizmi, men Manchesterda o'z janglarim uchun 20 000 chipta sotib, kuchsiz raqibni mag'lub etib yuraverishim mumkin. Lekin bu narsani o'zimga ep ko'rmayman. Qobig'dan chiqish fursati etdi. O'zimni Jeyms Bonddek xis qilishni yaxshi ko'raman.
Avval ham bu yo'ldan borganman u menga omad keltirgan. Germaniyada 50 000 muxlis ko'z o'ngida Klichkoni mag'lub etib, uning chempionlik kamarlarini Angliyaga olib ketgandim. Xuddi shu holatni Uaylder bilan jangda ham takrorlay olaman. Deonteyni tekinga nokaut qilgan bo'lardim. Men sizlarga Joshua emasman. Deontey Entonini jangga chorlab, rad javobini olgandi.”, - dedi maqtanchoq Fyuri.
Fikrlar