18 avg 07:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri va Franchesko Pianeta taroziga chiqishdi
Bugun SHimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri ringga ko'tariladi. Uning raqibi italiyalik Franchesko Pianeta bo'ladi.
Odatga ko'ra, bugungi jang oldidan bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Unda Fyurining vazni 117 kg, Pianetaning esa 115 kg ekanligi oydinlashdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar